TRAVERTIN — bu tabiiy travertin toshining vizual va tekstura effektini yaratuvchi dekorativ qoplamadir. Marmar talqoni va kvars to‘ldiruvchisidan iborat maxsus tarkib tabiiy mineralga xos bo‘lgan tomir va chuqurchalarni hosil qilish imkonini beradi. Suvoq universal bo‘lib, ishlar bino ichida ham, tashqarisida ham bajarilishi uchun mos keladi. Bu makonni bezash uchun mustahkam, ekologik va estetik yechimdir.
Bino ichida suvoq mehmonxona, xoll va ofis devorlarini bezash uchun qo‘llaniladi. Tarkib har qanday mineral asoslarga: beton, suvoq yoki gipsokartonga surtiladi. Tekstura tabiiy Rim toshi — Travertinning klassik fakturasini yaratishga imkon beradi.
Tashqi ishlar
Material bino fasadlari, ustunlar va boshqa arxitektura elementlarini pardozlashda ishlatiladi. Tarkibidagi akril-siloksan dispersiyasi tufayli qoplama yuqori atmosfera chidamliligi va uzoq umr ko‘rish xususiyatiga ega. U yuzaga tabiiy travertinning monumental va nufuzli ko‘rinishini beradi.
Asosiy afzalliklari
«Travertin» Rim toshining premium effekti.
Mustahkamlik va tashqi ta’sirlarga chidamlilik.
Suv asosidagi tarkib ekologik va xavfsiz.
Qadoqlash
Plastik chelak
25 kg
Foydalanish bo'yicha yo'riqnoma
01
Yuzani tayyorlash
Ishni boshlashdan oldin devorlar tekis, quruq va toza bo‘lishi kerak. Yoriqlar va notekisliklar shpatlyovka bilan to‘ldiriladi. Adgeziyani ta’minlash uchun asosni akril asosli grunt-propitka bilan qoplash zarur.
02
Surtish texnologiyasi
Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan kelma (malka) yordamida birinchi (bazaviy) qatlamni butun yuza bo‘ylab tekis yupqa qatlamda (taxminan 1–2 mm) surting. +5 dan +30 darajagacha bo‘lgan haroratda qatlamning to‘liq qurishiga (24 soat) imkon bering. Ikkinchi (faktura) qatlamni devorning bir qismiga surting. Qurishini kutmasdan, yuzani qattiq cho‘tka, gubka yoki kelma uchi bilan "turting". Bu dag‘al faktura hosil qiladi. Suvoq qurishni boshlab, asbobga yopishmay qolganda, chiqib turgan qismlarni toza kelma bilan ehtiyotkorlik bilan tekislang. Bu silliq "orolchalar" va ular orasida o‘ziga xos chuqurchalar (kavernalar) hosil qiladi. To‘liq mustahkamlikka erishish — 28 sutka.
03
Tavsiyalar
Quriganidan keyin o‘tkir qirralarni yo‘qotish uchun yuzani mayda zımpara qog‘ozi bilan ozgina ishlash mumkin. Himoya laki yoki dekorativ mum (vosk)ni cho‘tka yoki gubka bilan surting. Relyefni ta’kidlash uchun silliq joylardagi ortiqcha mumni nam gubka bilan darhol artib tashlash mumkin, bunda rang faqat chuqurchalarda qoladi. Tosh terish ko‘rinishini berish uchun nam yoki quruq qatlamda sath (uroven) va malyar skotchi yordamida "choklar" hosil qilish mumkin.
Texnik parametrlar
Xarakteristika nomi;Ishlab chiqaruvchi talablari tavsifi
Material turi; Dekorativ suvoq.
Plyonka ko‘rinishi; Tabiiy «Travertin» Rim toshining teksturasini aks ettiruvchi fakturali yuza.
Vazifasi; Bino ichidagi va tashqarisidagi devorlar, fasadlar, ustunlar va boshqa arxitektura elementlarini pardozlash.
Tarkibi; Akril-siloksan dispersiyasi, marmar talqoni, kvars to‘ldiruvchisi, mineral pigmentlar, suv.
Surtish usuli; Shpatel, kelma yoki malaka.
Sarfi; 1–1,5 kg/m2 (qatlam qalinligi va surtish usuliga bog‘liq).
Tavsiya etilgan qatlamlar soni; Bazaviy qoplama + pardozlovchi dekorativ qatlam.
Qatlamlararo qurish; 24 soat (+20 daraja haroratda).
To‘liq polimerizatsiya vaqti; 28 sutka.
Bo‘yash ishlarini olib borish shartlari; Havo harorati +5 dan +30 darajagacha, nisbiy namlik 65 foizdan yuqori bo‘lmaganda.
Yaroqlilik muddati; Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 12 oy.
Saqlash shartlari; Mahkam yopiq original idishda +5 dan +30 darajagacha haroratda saqlansin. Muzlashiga yo‘l qo‘yilmasin. Quyosh nurlari va issiqlik manbalaridan uzoqda saqlansin.
Qadoqlash; 25 kg lik plastik chelak.
Ekspertlarimiz sizga materialning zarur hajmini hisoblab chiqishda yordam berishadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi zavoddan narxlarni taklif qilishadi.
Ekspertlarimiz sizga materialning zarur hajmini hisoblab chiqishda yordam berishadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi zavoddan narxlarni taklif qilishadi.