Biz turli xil erituvchilarni o'zaro aralashtirishni tavsiya etmaymiz. Hatto ular bir-biriga o'xshash bo'lib tuyulsa ham, har bir erituvchining o'z tarkibi va bug'lanish tezligi bor. Aralashtirish natijasida beqaror aralashma hosil bo'lishi mumkin, bu esa bo'yoqning xususiyatlariga va qoplama sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Muammolarni oldini olish uchun muayyan material uchun tavsiya etilgan bitta erituvchidan foydalangan ma'qul. Agar shubhangiz bo'lsa, butun mahsulot partiyasini xavf ostiga qo'ygandan ko'ra, mutaxassislarimizdan aniqlashtirib olgan ma'qul.